Nemis Milliy kutubxonasi: To‘rt yuz ellik yillik o‘tmish ziyosi
Nemis Milliy kutubxonasi Germaniya Federativ Respublikasining markaziy arxiv kutubxonasi va milliy bibliografik markazi hisoblanadi. Kutubxona oldida turgan eng muhim vazifalardan biri Germaniyada hamda xorijda nemis tilida chop etiladigan nashrlarni kolleksiyalash yo‘li bilan jamg‘armani doimiy to‘ldirib borishdir.






















