Aloqa tarixi muzeyidan reportaj
Har yilning 18 mayi Xalqaro muzeylar kuni sifatida dunyo miqyosida nishonlanishi muzeylarning hayotimizda o‘ziga xos o‘rni, ahamiyati borligidan dalolatdir. Haqiqatan ham muzeylar o‘tmishni hozirgi kun va kelajak bilan bog‘lovchi o‘ziga xos ko‘prik sifatida muhim o‘rin tutadi.






















