Masofaviy ta'lim texnologiyalari
Hozirda puxta bilimga ega bo‘lish uchun informatsion texnologiyalarni ham o‘zgartirish zaruriyati tug‘ilmoqda, chunki ta'lim tizimi har doim zamon talablariga mos kelishi kerak. Hozirgi zamon talabi esa yangi o‘quv muhiti, ya'ni yangi informatsion texnologiyalar yordamida ixtiyoriy joyda turib bilim olish, ixtiyoriy o‘quv yurtlari bilan aloqa qilish va jahonning ixtiyoriy nuqtasidagi ma'lumotlarni olishdir.






















