AKT va ta’lim

Drayver dasturlar — yaqin ko‘makchimiz

06 Yanvar 2012

Komputer qurilmalarini xarid qilganimizda, ular qadoqlangan idishga maxsus disklar solingan bo‘ladi. Ana shu disk yordamida biz o‘sha qurilmalarni komputerda ishlashga sozlab olamiz. Bu disklar — drayver dasturlardir.

Drayver boshqaruvchi dastur. Odatda, bu bajarilayotgan dasturning ma'lum moslama bilan o‘zaro ishlashini ta'minlovchi va undan qulay foydalanishga yordam beruvchi amaliy tizimning dasturidir. Masalan: klaviatura, displey, "sichqoncha", printer va shu kabi qurilmalarning drayverlari mavjud. Drayver dasturlarning moslamaga qaratilgan buyruqlarini qabul qilib, moslamani boshqarish buyruqlariga aylantiradi. Shuningdek, u xizmat ko‘rsatayotgan qurilmadan uzilishlarni aniqlab, qayta ishlaydi. Drayver moslamaning tuzilishidagi xususiyatlar va vaqtning voqeiy ko‘magidagi ishlash xususiyatlarini hisobga oladi.

Biz komputerga o‘rnatgan amaliy ta'minot tarkibida qaysi moslamaning drayver dasturlari bo‘lsa, bunday moslama komputerga ulangandayoq ishga tushadi. E'tibor bersak, amaliy ta'minot tarkibiga ko‘plab displeylar drayverlari kiritilgan bo‘ladi. Hatto amaliy ta'minot ichida bir qancha printerlarning ham ro‘yxati mavjud. Ular yordamida ro‘yxatdagi printerlarni hech qanday drayver disklardan foydalanmay ham o‘rnatishimiz mumkin.

Moslamalarning drayverlari komputer yoqilganda avtomatik tarzda yuklanib, undan keyin foydalanuvchi uchun ko‘rinmas tarzda bajariladi. Demak, drayver dasturlar doim ishga shay holatda bo‘ladi.

Drayver dasturlarni topishda internet tarmog‘idan ham unumli foydalanishimiz mumkin. Ko‘pgina mashhur firmalarning o‘z saytlaridan ular ishlab chiqargan qurilmalarning drayver dasturlarini ko‘chirib olishimiz mumkin. Jumladan, www.drivers.uz saytiga tashrif buyursak: monitorlar, "sichqonchalar", klaviaturalar, modemlar, CD va DVD qurilmalar, printerlar, skanerlar, noutbuk komputerlari uchun alohida drayverlar va turli ishchi dasturlarni ham ko‘chirib olishimiz mumkin. www.devid.info ham ana shunday veb-saytlar qatoriga kiradi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda har bir tashkilot, korxona va muassasa komputerlashtirilmoqda. Biroq bu undan foydalanuvchilar faqatgina ofis ilova dasturlarini bilish bilan cheklanishlari kifoya degani emas. Ish faoliyatiga joriy qilinayotgan har bir yangi qurilmani foydalanuvchining o‘zi komputerga o‘rnatib olsa, bu ham moliyaviy tomondan tejamkorlikka, ham ish unumdorligini oshirishga, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi.

Ziyohiddin O‘KTAMOV, TATU Farg‘ona filiali talabasi

Mavzuga doir

02 Dekabr 2011
Ta'limda yangi texnologiyalar
AKT va ta’lim
Ta'limda yangi texnologiyalar

Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar davomida o‘zgarmay kelgan holatlarni o‘zgartirib yubordi. Bu odatdagi xat yozishmalari elektron pochta bilan, kutubxonalar esa veb-saytlar bilan almashinishida namoyon bo‘ldi.

23 Sentabr 2011
"Oxirgi mil" muammosining o‘zgacha yechimi
AKT va ta’lim
"Oxirgi mil" muammosining o‘zgacha yechimi

"Oxirgi mil" atamasi yaqin-aqinlardan buyon bizdagi texnik adabiyotlarda ham keng qo‘llanila boshlandi. "Oxirgi mil" deganda hozirgi kunda telekommunikatsiya tarmoqlarining eng zaif bo‘g‘iniga aylanib ulgurgan mijoz ulanish tarmoqlari tushuniladi.

28 May 2011
Internet: Tarozining ikki pallasi
AKT va ta’lim
Internet: Tarozining ikki pallasi

Bugungi kunda axborot tarmoqlarining ko‘payganligi aholining barcha qatlamlari, xususan, talabalar uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Istalgan axborotning eng so‘nggisini taqdim etishda internetga teng keladigan manba yo‘q.