Архив издания

2-son

Yanvar 2011

2-son

Gazetamizning ikkinchi soni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi. Shu sana munosabati bilan qo‘shsahifa o‘quvchilarimiz e'tiboriga havola etildi. Bundan tashqari, sahifalarimizda yana bir qator qiziqarli xabar va maqolalar joy oldi. Ularning ayrimlari anonsi bilan tanishing:

Vatan yagonadir, Vatan bittadir!

 Darhaqiqat, o‘zini tanigan va hurmat qilgan har bir inson uchun hech nima bilan almashtirib bo‘lmaydigan, qadri hamma narsadan ustun bebaho boylik bor. Bu ham bo‘lsa uning Vatanidir. Vatan shunday ulug‘ ma'voki, uni har daqiqa asramoq, yot kuchlardan himoya qilmoq lozim. Vatan himoyasi esa qadim-qadimdan yurtning mardu maydonlari — yigitlar zimmasiga yuklatilgan. Shuning uchun ham oilada o‘g‘il farzand dunyoga kelsa, nafaqat o‘sha oila a'zolari, balki barcha mahalla ahli mamnun bo‘ladi. Zero, dunyoga kelgan o‘g‘il yurt himoyachisi, demakki, yurtning o‘g‘lonidir...

  “Aloqadaman, yurtimiz sarhadlari tinch!”

 Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlashda, har birimizning tinch-omon yashab mehnat qilishimizda Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotgan aloqachi harbiylarimizning ham munosib ulushlari bor. Tilagimiz, ular tilidan: “Aloqadaman, Vatanimiz sarhadlari tinch!” degan bebaho so‘z ne'mati aslo tushmasin...

 CDMA-iPhone

 Apple va Verizon kompaniyalari ko‘pdan buyon kutilayotgan taqdimotni amalga oshirishdi: iPhone smartfonining CDMA-shakli chiqarildi...

 “UzNET”ga ulanganlar oz emas

 “Surxondaryo Telekom” filialining ko‘plab telekommunikatsiyalar bog‘lamalari o‘tgan 2010 yilni muvaffaqiyatli yakunlashdi. Eng muhimi, bu jamoalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarining turmushga chuqur kirib borishini ta'minlash uchun aholi bilan yanada yaqin muloqotda bo‘lishga harakat qilishdi. Natijada “Barkamol avlod yili Davlat dasturi” doirasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishildi. Quyida muxbirimizning Sherobod telekommunikatsiyalar bog‘lamasi boshlig‘i Azamat Sattorov bilan shu mavzudagi suhbatini o‘qiysiz...

 Ta'limda innovatsion texnologiyalar

 Xususan, iqtisodiyot sohasiga doir qonunchilik, huquqiy hujjatlarning elektron axborot-resurs manbalaridan ta'lim jarayonida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari bilan ilmiy-innovatsion hamkorlik natijalarini o‘quv jarayonida qo‘llash, iqtisodiy ta'limni modernizatsiyalash va unga innovatsion texnologiyalarni joriy etishning dolzarb masalalari, "Iqtisodiyot va biznes" ta'lim sohasida elektron o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy majmualar yaratish borasidagi mavjud tajriba xususida muhokamalar bo‘lib o‘tdi...