Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Aripov teleko‘prik orqali Qozog‘istondagi Chevrolet konveyerini ishga tushirib berdi

Abdulla Aripov teleko‘prik orqali Qozog‘istondagi Chevrolet konveyerini ishga tushirib berdi

28 mart kuni Qozog‘istonning Ko‘stanay shahrida «Chevrolet» brendi ostida UzAuto Motors avtomobillarini yig‘ishni boshladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

General Motors kompaniyasi UzAuto Motors bilan birgalikda «Cobalt» (avvalgi Ravon R4) oilaviy sedani, tijoriy foydalanish uchun «Damas» hamda «Labo» avtomobillari hamda premium sinfga mansub «Malibu» avtomobillari yangi modellarni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Yangi modellarni ishlab chiqarish avvalroq Ravon «Nexia R3» avtomobili ishlab chiqarilgan «SariarkaAvtoProm» MChSh (Mas’uliyati cheklangan shirkati) quvvatlarida yo‘lga qo‘yildi. Barcha mahsulotlar General Motors kompaniyasi tomonidan belgilangan jahon standartlari asosida ishlab chiqariladi. Qayd etish joizki, Qozog‘istonda eng mashhur sanalgan Ravon «Nexia R3» avtomobili ham endilikda Chevrolet brendi ostida ishlab chiqariladi. Ushbu yo‘nalishdagi keyingi qadam Chevrolet modellar qatorini yangi istiqbolli Tracker va TrailBlazer va boshqa avtomobillari bilan to‘ldiriladi.

Konveyerni tantanali ravishda O‘zbekistondan teleko‘prik orqali ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston Bosh vaziri Askar Uzakpayevich Mamin ishga tushirdi.

Dastlabki bosqichda ishlab chiqarish hajmi yiliga 26 000 transport vositasini tashkil qiladi, kelgusida uni 100 000 dona avtomobilga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek ishlab chiqarishning dastlabki yili davomida 13 000 avtomobillarni yaqin horij davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, loyiha 2020 yilning 26 fevral kuni Urganch shahrida chegaralararo hamkorlik Forumi doirasida Allur Group kompaniyalar guruhi hamda «O‘zavtosanoat» AJ o‘rtasida tashkil etilgan QK doirasida amalga oshirilmoqda. Avvalroq 2017 yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qozog‘iston Respublikasiga tashrif chog‘ida «Sariarka AvtoProm» MChSh ishlab chiqarish quvvatlarida avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ushbu davr mobaynida ichki va eksport bozorlariga mo‘ljallangan qiymati 85 mln. AQSh dollar bo‘lgan 11 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring