Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloger obunachilariga 26 ta Tesla sovg‘a qiladi

Bloger obunachilariga 26 ta Tesla sovg‘a qiladi

Foto: Instagram/mrbeast

MrBeast nomi bilan mashhur amerikalik bloger Jimmi Donaldson 26 yoshga to‘lishi munosabati bilan obunachilariga 26 ta Tesla elektromobilini sovg‘a qilmoqchi.

Sovg‘a qilinadigan mashinalarning 25 tasi oq rangli Tesla Model 3 sedani va bittasi Tesla Cybertruck pikapi. O‘yinda qatnashmoqchi bo‘lganlar AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Kanada, Meksika, Germaniya, Janubiy Koreya, Fransiya, Chili va Yaponiyada yashayotgan, 18 yoshga to‘lgan va MrBeastning obunachilari bo‘lishlari shart.

Tesla elektromobilini yutib olish uchun Instagramdagi xabarga layk bosish, ikkita do‘stini belgilab sharh (komment) yozish kerak bo‘ladi. O‘yin 10 maygacha davom etadi, g‘oliblar nomini bloger 14 may kuni e’lon qiladi.

Ushbu aksiyaga Tesla kompaniyasining aloqasi yo‘q, bloger elektromobillarni sotib olganini aytmoqda. G‘oliblar orasida elektromobil olishni istamaganlarga mashinalarning puli beriladi — Tesla Model 3 uchun — 39 000 dollar, Tesla Cybertruck uchun — 120 000 dollar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring