Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

«14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni» bayramiga bag‘ishlab bugun, 5-yanvar kuni Qurolli kuchlar Akademiyasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida «Yarim marafon» yugurish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, marafon davomida 5-yanvar kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar Mustaqillik ko‘chasi, Kichik halqa aylanma yo‘li orqali ko‘prik tagi bilan Maxtumquli ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi va Parkent chorrahalari orqali Mustaqillik ko‘chalarida avtomobil harakati bir muddatga cheklanadi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

«Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi hokimlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring