Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chevrolet Trailblazer yangilandi (foto)

Chevrolet Trailblazer yangilandi (foto)

Foto: «Avtorevyu»

General Motors kompaniyasining Janubiy Koreyadagi bo‘linmasi kompakt Trailblazer yo‘ltanlamasi (krossoveri)ni yangiladi. Avtomobilning ko‘rinishi agressivlashdi, shuning uchun ko‘proq Trax modelini eslatadi, deb yozdi «Avtorevyu» nashri.

Yangicha dizayn natijasida yo‘ltanlamasning old chiroqlari yuqori bo‘lmalari yanada ingichkalashdi (bazaviy talqinida cho‘g‘lanma lampalar, qimmatlarida yorug‘lik diodlari qo‘llaniladi). Bamper va ort chiroqlar ham o‘zgargan, mashina kuzovi ranglari ko‘paydi. Umuman olganda, u ko‘proq kompakt Chevrolet Trax modeliga o‘xshab ketadi.

Yangilangan mashina LS, LT, RS va Activ komplektatsiyalarida taqdim etiladi.

Chapda — LS, o‘ngda — LT

RS talqinining farqi — radiatori panjaralari boshqacha, g‘ildiraklari 19 dyuymli, bamperi uchun himoya qoplamalari o‘rnatilgan, yomon yo‘llar uchun maxsus shinali 17 dyuymli g‘ildiraklarga ega.

Chevrolet Trailblazer RS
Chevrolet Trailblazer RS

Trailblazer intereri (saloni) ham Trax modeli bilan birxillashtirilgan. Avvalgi Trailblazer mashinalarida analog asboblar paneli va mediatizim ekrani o‘rnatilgan bo‘lsa, yangilangan talqinida 8 dyuymli displey hamda 11 dyuymli multimedia tizimi tachskrini mavjud. Avtomobil Chevy Safety Assist kompleksi bilan ta’minlangan.

Texnik jihatdan o‘zgarishlar yo‘q. Mashina kapoti ostidagi uch silindrli turbomotor o‘sha-o‘sha. AQSh uchun mo‘ljallangan oldtortar Trailblazer mashinasiga 1.2 litrli, variator bilan ishlovchi 139 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan. 157 ot kuchiga ega motor o‘rnatilgan talqinida esa ikki xil transmissiya ko‘zda tutilgan: variatorli oldtortar hamda to‘qqiz bosqichli avtomatli to‘liqtortar.

Yangilangan Chevrolet Trailblazer yo‘ltanlamaslarini 2023-yilning kuzidan Shimoliy Amerika bozorlariga yetkazish boshlanadi.

Chevrolet Trax
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring