Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga Toshkentning o‘ndan ortiq ko‘chasi yopiladi

Ertaga Toshkentning o‘ndan ortiq ko‘chasi yopiladi

Ertaga, 24-mart kuni birinchi xalqaro marafonning o‘tkazilishi munosabati bilan soat 9.00dan 13.00gacha poytaxtning bir qator ko‘chalarida transport harakati cheklanadi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov majmuasidan Oybek ko‘chasigacha;

Oybek ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;

Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasidan Qodiriy ko‘chasigacha;

Qodiriy ko‘chasi – Nukus ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasigacha;

Mustaqillik ko‘chasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha;

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasigacha;

Maxtumquli ko‘chasi – Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Amir Temur hiyobonidagi aylanma yo‘lgacha ;

Amir Temur hiyobonidagi aylanma yo‘l – Maxtumquli ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha;

Amir Temur ko‘chasi – Amir Temur hiyobonidagi aylanma yo‘ldan Islom Karimov ko‘chasigacha;

Islom Karimov ko‘chasi – Amir Temur ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;

Sharof Rashidov ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan Navoiy va Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha;

Navoiy ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;

Qodiriy ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;

Olmazor ko‘chasi – Qodiriy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha (aynan yugurish boshlangan joyda finish qilinadi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring