Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«GM Uzbekistan» bolalar uchun Asaka zavodiga sayohat tashkil qildi

«GM Uzbekistan» bolalar uchun Asaka zavodiga sayohat tashkil qildi

Foto: «GM Uzbekistan» jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

«GM Uzbekistan» Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Asaka avtomobil zavodida ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun ijtimoiy xayriya tadbiri tashkil etdi. Bu haqda «GM Uzbekistan» jamoatchilik bilan aloqalar xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.

Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar shaharchasining tarbiyalanuvchilari uchun o‘tkazilgan ushbu tadbirdan bolalarni mamlakatimizning eng yirik korxonalaridan biri bo‘lgan zavoddagi avtomobil ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishtirish va bu orqali ularning kelgusida bilim va olish va hunar o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish ko‘zlandi.

Foto: «GM Uzbekistan» jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Bugungi kunda Asaka avtomobil zavodida Bolalar shaharchasining sobiq tarbiyalanuvchilari faoliyat yuritayotganiga guvoh bo‘lgan bolajonlarning bu yerda ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi.

Zavod rahbariyati bolalarni bayram bilan tabriklab, ularning kelajakda yuksak bilim cho‘qqilarini zabt etib, kelgusida o‘zlarining qatorlarida ko‘rishdan mamnun bo‘lishlarini izhor etishdi.

Foto: «GM Uzbekistan» jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Tadbir so‘nggida zavodning kichik mehmonlari uchun bayramona dasturxon hamda teatr tomoshasi tashkil etilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring