Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» «Damas» haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi

«GM Uzbekistan» «Damas» haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi

Foto: «GM Uzbekistan»

Bugun ayrim internet manbalarda «GM Uzbekistan» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan «Damas» rusumli avtomobilning ayrim detallarini olib tashlanayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

«Kompaniya tarqalgan ushbu xabarlarni tasdiqlamaydi va haqiqatga zid ekanligini ma’lum qiladi», deyiladi unga bildirilgan munosabatda.

Shuningdek, sotuvdagi avtomobillar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar va o‘zgarishlar «GM Uzbekistan» AJ rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinishi eslatildi.

Eslatib o‘tamiz, «telegram»da quyidagi shartnoma nusxasi tarqalgan va mish-mishlarga sabab bo‘lgan edi:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring