Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» ilk bor avtomobillar uchun chegirma e’lon qildi

«GM Uzbekistan» ilk bor avtomobillar uchun chegirma e’lon qildi

Foto: «GM Uzbekistan»

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan «GM Uzbekistan» kompaniyasi ilk bor bir qator modellarga bayram chegirmalarini e’lon qildi.

Faqat 6, 7 va 8 dekabr kunlari xaridorlar respublikaning barcha dilerlik markazlarida «GM Uzbekistan» avtomobillarini qulay shartlarda xarid qilishlari mumkin. Bunda oldindan 100 foiz to‘lovni amalga oshirgan xaridor «Chevrolet Malibu» avtomobili uchun 9 061 866 million so‘mgacha, «Lacetti» uchun 3 858 136 so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ladi.

Mamlakatdagi dilerlik markazlarining manzillari hamda shartnoma tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan «GM Uzbekistan» rasmiy saytining «Uzavtosavdo» bo‘limi orqali tanishish mumkin.

Chegirmalar «Chevrolet Malibu» va «Lacetti» avtomobillariga amal qiladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring