Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan»: «Nexia» va «Malibu» 10 baravar ko‘p ishlab chiqariladi

«GM Uzbekistan»: «Nexia» va «Malibu» 10 baravar ko‘p ishlab chiqariladi

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi qayta boshlanganligi va xaridorlar tomonidan kelib tushayotgan murojatlarni inobatga olgan holda, talab yuqori bo‘lgan avtomobillar modellarini ishlab chiqarish hajmini oshirishga moslashuvchan mexanizmni joriy qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, «GM Uzbekistan» AJ tomonidan mexanik uzatmali «Nexia-3» avtomobilini ishlab chiqarish hajmi avgust oyidan boshlab 3 501 donaga, sentyabr oyida esa 4 143 donagacha oshirildi, yil oxirigacha esa ushbu modelni ishlab chiqarish hajmi 34 804 donagacha yetkaziladi.

«Malibu» avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini ham oyiga 240 donadan 2 200 donaga oshirish rejalashtirilmoqda.

Kompaniya mijozlarning talab va takliflarini inobatga olgan holda boshqa rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarish hajmini ham yaqin oylarda oshirishi mumkin.

Kompaniya, shuningdek, dilerlik tashkilotlarida noqonuniy xatti-harakatlar va mijozlardan tovlamachilik orqali qo‘shimcha pul talab qilish holatlar kuzatilsa, tashkilotning Call-markaziga (141-77-77) darhol murojaat qilishni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring