Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» «Spark» ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda

«GM Uzbekistan» «Spark» ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda

Foto: «gmuzbekistan.uz»

«GM Uzbekistan» AJ ishlab chiqarilayotgan avtomobillar savdosi qayta yo‘lga qo‘yilishi bilan xaridorlar tomonidan kelib tushayotgan arizalar inobatga olinib, kompaniya tomonidan bozor talablarini qondirish maqsadida talabgir avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshirilishini ma’lum qilgandi. Mijozlar istagi va bozorning ijobiy tendensiyalarini inobatga olib, kompaniya mexanika uzatmali «Spark» avtomobili ishlab chiqarish hajmini 6223 dan 19993 donagacha oshirmoqda. Bu haqda «GM Uzbekistan» axborot xizmati xabar bermoqda.

«Kompaniya xaridorlarning talablarini qondirish hamda ariza va takliflarga ijobiy javob berish, shuningdek qulay shartnoma tuzish uchun barcha zaruriy choralarni amalga oshiradi»,-deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring