Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» yana ikkita avtomobil modelini yetkazib berish muddatini qisqartirdi

«GM Uzbekistan» yana ikkita avtomobil modelini yetkazib berish muddatini qisqartirdi

Foto: «gmuzbekistan.uz»

«GM Uzbekistan» avtomobilning yana ikkita modelini yetkazib berish muddatini qisqartirishga erishganini ma’lum qildi. Endilikda «Cobalt» (4 poz. AT) avtomobilining yetkazish muddati 84 dan 40 kalendar kuniga (60 dan 25 ish kuni) hamda «Malibu Turbo»ni 125 dan 60 kalendar kuniga (90 dan 45 ish kuni) qisqardi.

«Ushbu yangi qisqargan muddatlar avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarda ham huquqiy jihatdan ham qayd etiladi. Kompaniya xizmatlarni takomillashtirishda hamda boshqa modeldagi avtomobillarning yetkazib berish muddatlarini ham qisqartirishda davom etadi va bu haqda qo‘shimcha ravishda ma’lum qilib boradi»,- deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kunlik tarzda yangilanib boradigan dilerlik korxonalari kesimida taqsimlanadigan avtomobillar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring