Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«GM Uzbekistan» Yunusoboddagi avtosalon bilan kelishuvni bekor qildi

«GM Uzbekistan» Yunusoboddagi avtosalon bilan kelishuvni bekor qildi

Foto: «carzone.uz»

«O‘zavtosanoat» AJ monitoring vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar oqibatida «GM Uzbekistan» AJning Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi «Humo Avtosavdo» MChJ bilan dilerlik kelishuvi tugatilgani ma’lum qilindi.

Kelishuvning bekor qilinishiga «GM Uzbekistan» avtomobillari savdosida shaffoflik bo‘lmaganligi, kompaniya tomonidan e’lon qilingan aksiyalarining munosib tashkil qilinmaganligi, avtosalon tomonidan kelishuv shartlarining doimiy ravishda buzib kelinganligi, avtosalon faoliyatidagi korrupsiya, avtomobillarni yetkazib berishda sun’iy bronlash holatlari, xaridorlarga mavjud avtomobillar xususida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganlik, rasmiylashtirishda amalga oshirilgan qonunbuzarlik kabi holatlar sabab bo‘lgan. 

«Shuningdek, avtosalon tozalik va gigiyena talablariga rioya qilmaganligi mijozlarning qulay sharoitlarda avtomobil xarid qilishiga to‘sqinlik qilgan», — deyiladi «O‘zavtosanoat» xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring