Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mana buni mashina desa bo‘ladi! «Aston Martin»ning sobiq dizayneri hashamdor elektromobil yaratdi

Mana buni mashina desa bo‘ladi! «Aston Martin»ning sobiq dizayneri hashamdor elektromobil yaratdi

«Fisker Emotion» elektromobili.

Foto: «Mashable»

Dizayner Xenrik Fisker AQShda bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada alyuminiy va karbondan ishlangan, eshiklari esa «kapalak qanotlari» kabi ochiluvchi elektromobilni taqdim etdi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Balki boshqa startaplar kabi ishni yo‘ltanlamasdan boshlash kerak dersiz. Balki eshiklarini oddiy qilish kerakmidi? Biroq biz noyob eshiklarni yaratdik. Biz o‘z brendimiz qanaqa ekanligini ko‘rsatib qo‘yish uchun noan’anaviy narsa yaratishni istadik. Biz nonkonformchi bo‘lishni xohladik», — deydi Xenrik Fisker.

Elektromobil 143 kVt/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, buning yordamida u 650 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. «Fisker Emotion»ning seriyali modellari tezda quvvatlanish funksiyasiga ega bo‘ladi. Bu esa 200 kilometrlik yo‘lni bosib o‘tishga yetadigan quvvatni 9 daqiqa ichida olishga yordam beradi.

Elektromobil saloni mutlaq raqamli panellar qurilmasidan, shuningdek, ikkita ma’lumot-ko‘ngilochar displey kompleksidan iborat. Qo‘shimcha pul to‘lash orqali orqa o‘rindiqda o‘tiruvchilar uchun yana bir 27 dyuymli monitorni ham o‘rnatish mumkin.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, avtomobilning dizayni Fisker bunga qadar «BMW Z8» va «Aston Martin V8 Vantage»ni yaratganini bildirib turadi. Shu bilan birga dizaynerning ishi boshqa elektrokar yaratuvchilarnikidan farq qiladi.

«Fisker Emotion» 2019-yildan boshlab sotuvga chiqadi. Yangi elektromobilning bazali talqini narxi 129,9 ming dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring