Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston bo‘ylab oynasi qoraytirilgan avtomobillarga qarshi «ov» boshlandi

O‘zbekiston bo‘ylab oynasi qoraytirilgan avtomobillarga qarshi «ov» boshlandi

Foto: «UzNews.uz»

Shu yilning 4-iyunidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab oynasi qoraytirilgan avtomobillarga qarshi reyd boshlangan. Hozirgacha o‘nlab avtomobillar jarimaga maydonchasidan joy olgan. Bu haqda «UzNews.uz» nashri o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasiga binoan avtomashinalarning yon va orqa tomonlari qoraytirilgan taqdirda, quyosh o‘tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bu kabi qoidabuzarlik eng kam oylik ish haqi miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi. Bir yil ichida takror sodir etilsa, eng kam ish haqining ikki barobari – 344.480 so‘m.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring