Qaysi mamlakatlarda haydovchilik imtihoni eng qiyin?
AutoviaTest ma’lumotlariga ko‘ra, Gretsiya va Yaponiya B toifasidagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy imtihonlar eng qiyin mamlakatlar sanaladi — javoblarning 97-95 foizini to‘g‘ri topish talab etiladi.
Gretsiyadagi nazariy test variantli javoblarga ega 30 ta savoldan iborat bo‘lib, ularni bajarish uchun 35 daqiqa ajratiladi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun kamida 29 ta savolga to‘g‘ri javob berish shart. Mazkur sinov yo‘l belgilari, chorrahalardan o‘tish qoidalari, harakatlanishdagi imtiyozlar, tezlik cheklovlari va avtomobil xavfsizligi kabi keng qamrovli mavzularni o‘z ichiga oladi.
Qizig‘i shundaki, bo‘lajak haydovchilarga nisbatan bunday yuqori talablar Gretsiyada yo‘l xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar hamon saqlanib qolayotgan bir vaqtda amal qilmoqda. Masalan, 2023-yilda mamlakatda har 100 000 aholiga yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lganlarning taxminan 6,1 nafari to‘g‘ri kelgan. Bu Yevropa Ittifoqi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lsa-da, 2000-yildagi vaziyatga qaraganda sezilarli darajada yaxshilangan. Demak, qat’iy imtihonlar sekin-asta bo‘lsa-da, o‘z samarasini bermoqda.
Biroq imtihonni muvaffaqiyatli topshirish yo‘l harakati xavfsizligining faqat bir qismidir. Bu borada avtomobillarning texnik sozligi ham muhim ahamiyatga ega, chunki ayrim markalarda nosozliklar boshqalariga qaraganda ancha kam uchraydi.
Yaponiyada esa nazariy imtihondan o‘tish uchun 95 foizlik ko‘rsatkich talab etilishidan tashqari, haydashning amaliy qismiga ham juda qat’iy mezonlar qo‘yilgan. Hozirda ushbu mamlakat haydovchilarning yana bir toifasi — ilgari yo‘l harakati qoidalarini buzgan 75 yoshdan katta bo‘lgan avtomobilchilar uchun talablarni yanada kuchaytirmoqda.
Haydovchilikka nazariy imtihonlar eng mamlakatlar (top-10, AutoviaTest):


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter