Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rahbarlar ham avtobusda yuradi. Juma kuni xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlandi

Rahbarlar ham avtobusda yuradi. Juma kuni xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bu qoida hozircha faqat bir tizimda joriy etildi.

Haftaning har juma kunida «Toshshahartransxizmat» AJ va uning tarkibidagi korxonalarda xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlandi. Shu kuni barcha rahbarlar va boshqa xodimlar o‘zlariga ajratilgan xizmat avtomobillaridan foydalanmagan holda jamoat transportida ishga keladilar va kun davomida ehtiyojga qarab jamoat transportidan foydalanadilar. Bu bo‘yicha «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan buyruq qabul qilingan.

Vaziyat taqazosi bilan boshqa kunlarda ham rahbarlar erta tongdan avtobusda yurib, transport xizmati sifatiga yo‘lovchi nazari bilan e’tibor qaratadilar. Bu jarayonda yo‘lovchilar kayfiyati, ularning noroziligiga sabab bo‘layotgan muammolarni o‘rganadilar, deyiladi «Toshshahartransxizmat» xabarida.

Tizim rahbariyati, bu jarayonda haydovchi va chiptachilarning maxsus kiyimdaligiga, tashqi ko‘rinishi sanitariya va gigiyena talablariga mosligiga, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan muomala madaniyati, yo‘l harakati qoidlariga amal qilinishi, oraliq bekatlarda ortiqcha turib qolish kabi qator masalalar ustidan nazorat olib boradilar. Aniqlangan kamchilik va maummolardan kelib chiqib zarur chora-tadbirlar belgilanadi. Mazkur buyruqda belgilangan choralar kundalik o‘rganishlar natijasidan kelib chiqib qo‘shimcha tarzda qabul qilindi.

Mazkur buyruq orqali bevosita yo‘lovchilar bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarga chek qo‘yish, yo‘lovchi tashish ishini bir maromda tashkil etish, eng muhimi xavfsizlikni ta’minlash, aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini to‘la va sifatli qondirish ko‘zda tutilgani ta’kidlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda har oyning uchinchi juma kunida «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkazilishi belgilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring