Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tezligi eng yuqori avtomobil aniqlandi

Tezligi eng yuqori avtomobil aniqlandi

Foto: «3DNews.ru»

«Avtonovosti dnya» nashri mutaxassislari tezligi eng yuqori avtomobillarning «kuchli beshligi»ni tuzishdi. «Life.ru» xabar berishicha, birinchi o‘ringa «Hennessey Venom F5» giperkari ko‘tarilgan.

Soatiga 484 kilometr tezlik olish qudratiga ega «Hennessey Venom F5» bu reyting yetakchisi bo‘ldi. Mashinaga 1600 ot kuchiga ega 7,4 litrlik turbomotor o‘rnatilgan. Ikkinchi o‘ringa 447 km/soatgacha tezlik oluvchi «Koenigsegg Agera RS» ko‘tarilgan. Uchinchi o‘rinda maksimal tezligi 434 km/soatgacha chiquvchi «Hennessey Venom GT» joylashdi.

Beshlikning oxirgi ikki qatorini «bugatti»lar band etdi: «Bugatti Veyron Super Sport» 431 km/soat, «Bugatti Chiron» esa 420 km/soat tezlik beruvchi dvigatellarga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring