Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana 4 ta joyda radar o‘rnatildi

Toshkentda yana 4 ta joyda radar o‘rnatildi

Foto: «Uza.uz»

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining tahlillariga ko‘ra, ko‘pincha haydovchilarning tezlikni belgilangan me’yordan oshirganligi sababli, yo‘l transporti hodisalari sodir bo‘lmoqda. 

Toshkent shahar Yo‘l xavfsizligi boshqarmasi aynan qaysi hududlarda ko‘proq yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganini aniqlab, u yerlarga tezlikni qayd etuvchi radarlar o‘rnatib bormoqdalar. 

Bugun Toshkent avtomobil halqa yo‘lining to‘rt hududida radarlar o‘rnatildi. Ibn Sino mavzesi qarshisidagi Zangiota tumani «Chig‘atoy Oq tepa» MChJ (taxta bozor) yaqinida, «Gilamsaroy», «Maroqand» to‘yxonasi qarshisida, Toshkent halqa yo‘li, yo‘l qurilish bo‘linmasida va Dehqonobod yo‘li kesishmasida (Yunusobod tumani) radarlar o‘rnatilgan.

Shuningdek, ibn Sino mavzesi yaqinidagi Toshkent halqa yo‘lining yaxshi yoritilmaganligi ham Toshkent yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli idoralarga xat yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring