Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda «stavka» hozir 100 dollar bo‘lganmi?

Buxoroda «stavka» hozir 100 dollar bo‘lganmi?

G‘ijduvon tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi stomatolog xizmat mavqeidan foydalanib pul ishlamoqchi bo‘lgan. U bir fuqaroning nevarasini tanishlari orqali nogironlik nafaqasiga chiqarishga yordam berishni va’da qilgan.

Xizmati uchun so‘ragan 100 AQSh dollari olgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

Shuningdek, Shofirkon tuman madaniyat markazi bosh mutaxassisi ham tuman madaniyat markazi mansabdor shaxslari orqali bir fuqaroni shu markazning «Jo‘ynav» filiali mudiri lavozimiga tayinlash evaziga pora so‘ragan. Ishlov berilgan 100 AQSh dollari va 1 000 000 so‘mni olgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kogon tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori 100 dollar evaziga bir fuqaroning tug‘ma aqli zaif farzandiga 2-guruh nogironligini olib berishni va’da qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring