Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda bir nechta erkak boshqa bir fuqaroni dubinka bilan ayovsiz kaltakladi

Andijonda bir nechta erkak boshqa bir fuqaroni dubinka bilan ayovsiz kaltakladi

Foto: Andijon viloyati IIB

Ijtimoiy tarmoqda bir nechta erkak boshqa bir fuqaroni dubinka bilan urib tashlagani videosi tarqaldi. 

20-iyul kuni fuqaro M.Sh Asaka tumani, Niyozbotir MFY hududida joylashgan savdo do‘koni oldida qo‘shnisi voyaga yetmagan X.R bilan o‘zaro janjallashib qolgan, deyiladi Andijon viloyati IIB xabarida.

So‘ngra M.Sh qo‘li bilan uning yuz qismiga urib yengil tan jarohati yetkazganligi sababli X.R.ning tog‘alari M.A, R.A hamda M.A.lar 21-iyul kuni soat 16:00larda fuqaro M.Sh.ning savdo do‘koniga kelishib, u bilan jiyanini urganligi masalasida o‘zaro gap tortishib, janjallashib ketishgan.

Janjal vaqtida M.A va boshqalar qo‘li va yog‘och tayoq bilan M.Sh.ning tanasini turli joylariga urib, yengil tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan M.A va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring