Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda poyezd 7 yashar qizchani urib yubordi (video)

Andijonda poyezd 7 yashar qizchani urib yubordi (video)

Skrinshot: «Zamon»

Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Sultonobod shaharchasida yashovchi, 2011-yilda tug‘ilgan Jasmina Maqsadjonova non sotib olish uchun poyezd yo‘li bo‘ylab ketayotganida baxtsiz hodisaga uchradi. Bu haqda «Zamon» ko‘rsatuvida hikoya qilinadi.

Ma’lum bo‘lishicha, qizchani teplovoz turtib yuborgan, u o‘zini chetga olishga harakat qilgan, biroq o‘ng tizzasining boldir qismidan yopiq jarohat olgan.

Jasminaga Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hayoti saqlab qolgan.

Ichki ishlar vazirligi temiryo‘l atrofida yashovchi va yo‘l atrofida harakatlanuvchilardan e’tiborli bo‘lishni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring