Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yong‘in oqibatida xonadon kelini vafot etdi

Andijonda yong‘in oqibatida xonadon kelini vafot etdi

Andijon shahrida 28-dekabr kuni  «Islomobod» MFYda yashovchi Q.A.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, yong‘in oqibatida uyning 70 kv.m. maydonida tomi, shifti va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida Q.A.ning birga yashagan kelini Z.A.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.

Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring