Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida o‘tgan yilning 30-dekabr kunida bir oilaning 4 vakili, jumladan, 2 go‘dakni o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxs ushlandi. Andijon viloyati IIB matbuot xizmati «Kun.uz»ga Xo‘jaobod tumanida sodir etilgan mudhish qotillik bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.