Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arnasoyda prokuror o‘rinbosari urib yuborgan piyoda vafot etdi

Arnasoyda prokuror o‘rinbosari urib yuborgan piyoda vafot etdi

Arnasoy tuman prokurorining o‘rinbosari Dilshod Karimov avtomashina boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yo‘lakda harakatlanayotgan G. Egamberdiyevani urib yuborgan va jabrlanuvchi vafot etgan.

2018 yil 16 sentyabr kuni soat 17:30 larda Arnasoy tuman prokurorining o‘rinbosari Karimov Dilshod Badriddin o‘g‘li otasi Karimov Badriddinga tegishli, davlat raqam belgisi 25 Y 717 DA bo‘lgan «Neksiya-1» avtomashinasini ishonchnoma orqali 4R38 «Jizzax-Uchtepa-Navbahor» avtomobil yo‘lining Paxtakor-Jizzax yo‘nalishining 16 kilometrida boshqarib borayotgan bo‘lgan, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, uning ortidan harakatlanib kelgan «Daimler Benz 210 SPG» rusumli avtomashina haydovchisi J. yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib, uni quvib o‘tib, keskin tormoz bergan holatda, uni to‘xtatishga harakat qilib, D.Karimovni yo‘lda harakatlanishiga to‘sqinlik qilganligi sababli, D.Karimov boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yo‘lning chap tomonida joylashgan uylarning yo‘lagiga chiqib ketgan va yo‘lakda harakatlanib kelayotgan piyoda G. Egamberdiyevani urib yuborgan.

Fuqaro G. Egamberdiyeva olgan tan jaroxatlari natijasida RShTYoIMning Jizzax filialida vafot etgan. Sudga oid tibbiy ekspertizasining birlamchi xulosasiga ko‘ra, marhum G. Egamberdiyevaga yetkazilgan jarohat og‘irlik darajasi bo‘yicha «hayot uchun xavfli bo‘lgan» tan jarohati deb baholangan.

D.Karimov «bosh miya chayqalishi, peshona sohasi tirnalgan tan jarohati va o‘ng yelka chiqishi» tan jarohatlari bilan RShTYoIMning Jizzax filiali neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan 2018 yil 16 sentyabrda JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining 18-bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring