Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bedarak yo‘qolgan yigitning jasadi bir oy o‘tib dala maydonidan topildi

Bedarak yo‘qolgan yigitning jasadi bir oy o‘tib dala maydonidan topildi

Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashagan, 1997-yilda tug‘ilgan B.M. 2018-yil 31-dekabr kuni tungi paytda o‘rtog‘ining uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Xorazm viloyati IIB xabar qilishicha, 2019-yilning 31-yanvar kuni M.B.ning jasadi o‘zi yashagan mahalladagi fermer xo‘jaligining shudgor qilinib, sug‘orib qo‘yilgan dala maydonidan topilgan.

M.Boboxonovning tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, u «organizmning past haroratda sovuq qotishi» natijasida vafot etganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan tekshiruv ishlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring