Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda 237 million so‘mlik davlat puli talon-toroj qilingan

Bekobodda 237 million so‘mlik davlat puli talon-toroj qilingan

Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan 2017-yilning noyabr-dekabr oylarida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilganda davlat pullarini o‘zlashtirish holati aniqlangan.

Bosh prokuratura axborot xizmatining xabariga ko‘ra, tumandagi Qishloq va suv xo‘jaligi, Statistika, Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari rahbarlaridan iborat komissiya a’zolari 25 ta fermer xo‘jaligiga noqonuniy ravishda jami 237,7 mln. so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvatlash mablag‘larini budjetdan ajratib, ushbu mablag‘larni fermer xo‘jaliklari hisob-raqamlariga o‘tkazib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring