Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bektemirda «Neksiya» yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

Bektemirda «Neksiya» yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

Foto: Uz24.uz

12-aprel kuni Bektemir tumani, Ohangaron ko‘chasida «Neksiya» rusumli avtoulovda harakatlanayotgan haydovchi yo‘lni o‘rtasida to‘xtagan. So‘ng avtomashinaning oldi kapotidan motor simlari oldidagi qisqa tutashuv bo‘lgan va natijasida tutun chiqib, mashina yonib ketgan. Bu vaqtda haydovchi mashinadan chiqishga ulgurgan.

Voqea joyiga qisqa vaqt ichida Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari yetib kelib, vaziyatni o‘rganishgan va tirbandlikning oldini olishgan. Shuningdek, tuman yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ham yetib kelib, yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Voqea oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring