Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloger ayovsiz kaltaklangani va izsiz yo‘qolgani aytilmoqda

Bloger ayovsiz kaltaklangani va izsiz yo‘qolgani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi bloger Elmurod Odilov pilla punktida IIB xodimlari tomonidan o‘lasi qilib kaltaklangani, ayni paytda izsiz yo‘qolgani aytilmoqda. Bu haqda manbalariga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Qayd etilishicha, bloger hokim boshchiligidagi mas’ullarning pilla, safarbarlik chaqiruvi va soliq masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishni yoritishga uringan.

«Urib telefonlarini sindirib tashlashdi. O‘sha yerda turganlar voqeani telefoniga oldi. Darvozadan olib chiqib urayotgani, sudrab, telefonlarini sindirayotgani o‘sha yerdagi kameraga ham tushgan bo‘lishi kerak», — degan manba.

Bloger kaltaklangan paytda voqea joyida bo‘lgan yana bir manba IIB binosidan tonggi 04:00 da qo‘yib yuborilganini aytgan.

«Voqeani ko‘rdingmi deb so‘rashdi. Men ichkaridagi voqeani ko‘rmaganimni aytdim va ertalab tongda uyga qaytdim», — deydi manba.

Aytilishicha, bloger 15 sutkaga qamalgan ham bo‘lishi mumkin. Bu haqda rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring