Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘chada «yuzi kuygan» bola. Toshkent shahar IIBB voqeaga oydinlik kiritdi

Bog‘chada «yuzi kuygan» bola. Toshkent shahar IIBB voqeaga oydinlik kiritdi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Internetda MTM tarbiyalanuvchisining yuz qismida «qizarib kuyish» alomatlari mavjudligi bo‘yicha tarqalgan xabarga Toshkent shahar IIBB munosab bildirdi.

2022-yilning 10-avgust kuni Chilonzor tumani IIO FMB navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Chilonzor tumanida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi — 2019-yilda tug‘ilgan M.A. qarovsiz qolgan vaqtida ayollar sumkasidan ko‘zga surtuvchi bo‘yoqni olib o‘ynab, o‘zining yuziga surtgan.

MTMda tarbiyachi bo‘lib ishlovchi 38 yoshli Zuhra A. buni ko‘rib, bolaning yuzini tozalash maqsadida, «tibbiy vositalar»dan surtgan. Oqibatda bolaning yuz qismi qizarib, kuyish alomatlari mavjudligi sababli, tibbiyot muassasasiga murojaat qilingan. Bolaning olgan tan jarohatini aniqlash maqsadida, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirgi kunda Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring