Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bola parvarishiga nafaqa tayinlash uchun pora olgan mahalla raisiga hukm o‘qildi

Bola parvarishiga nafaqa tayinlash uchun pora olgan mahalla raisiga hukm o‘qildi

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi “Bog‘bon” QFY raisi M.Nurov mansabdor shaxs bo‘la turib, o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, ushbu qishloqda yashovchi fuqaro B.L.A.ning 2017-yilda tug‘ilgan nabirasi B.A.X.ga 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarning parvarishi uchun to‘lanadigan nafaqa pullarini 300.000 so‘m evaziga tayinlab berishni va’da qilgan.

Shundan so‘ng, fuqaro B.L.A nabirasining parvarishi uchun nafaqa pullari tayinlash uchun 2018-yil 19-iyun kuni M.Nurovga so‘ralgan pullarning 100.000 so‘mini bergan. M.Nurov o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, ertasi kuni “Bog‘bon” QFY binosida 200.000 so‘m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan.

JIB Mirzacho‘l tuman sudi Nurov Mizomxon Kulli o‘g‘lini O‘zbekiston Respublikasi JK 210-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va JKning 45-moddasiga asosan 2 (ikki) yil muddatga korxona, tashkilot va muassasalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 2 (ikki) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Natijada M.Nurovning sutkaning soat 20:00 dan soat 06:00 ga qadar bo‘lgan vaqtda yashash joyidan chiqish;

- ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etish;

- mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirish, Mirzacho‘l tumani hududidan tashqariga chiqish;

- aloqa vositalaridan, shu jumladan, internetdan foydalanish;

- alkogolli ichimliklar iste’mol qilish kabi huquqlari cheklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring