Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda «Cobalt» kanalga tushib ketdi

Buxoroda «Cobalt» kanalga tushib ketdi

Videodan lavha

Hodisa 26-dekabr kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumani «Nayman» mahallasida sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

«Cobalt» rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida «Shoxrud» suv kanaliga tushib ketgan.

Mashina kanalga tushishidan oldin haydovchi salondan sakrab qolganligi uchun tan jarohati olish va halok bo‘lish holati yuz bermagan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVVning viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelgan. Bir soat davomida g‘avvoslar va maxsus texnika yordamida avtomashina kanaldan olib chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring