Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda sodir bo‘lgan hodisa haqida rasmiy ma’lumot berildi

Buxoroda sodir bo‘lgan hodisa haqida rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Vobkent tumanida yuk avtomobili yonib ketganligi haqida video tarqaldi. Holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 3 yanvar kuni soat 14:20 larda Buxoro viloyati, Vobkent tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 241-kilometrida haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.R. boshqaruvidagi «Hyundai-Porter» rusumli yuk avtomobilining salon qismida yong‘in yuzaga kelgan (harakat vaqtida). Haydovchi transport vositasini zudlik bilan to‘xtatgan.

Yong‘in o‘t uchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Vobkent tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring