Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi bog‘cha mudirasi ishga joylashtirish uchun pora olayotganda ushlandi

Buxorodagi bog‘cha mudirasi ishga joylashtirish uchun pora olayotganda ushlandi

Foto: Buxoro viloyati IIB

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro Buxoro shahridagi 81-sonli maktabgacha ta’lim muassasiga borib, ushbu muassasa mudirasi Sh.A.ga o‘zining 2 nafar qizini ushbu maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish maqsadida murojaat qiladi.

Ularni ushbu muassasaga joylashtirish orqali mo‘maygina daromad orttirishi mumkinligini ko‘zlagan, nafsining quliga aylangan mudira esa qizlarini muassasaga joylashtirish niyatida bo‘lgan fuqarodan 600 ming so‘m pul talab qilib, agarda shu pullarni bersagina, qizlarini ta’lim olishlari uchun joylashtirishi mumkinligini aytadi.

O‘z haq-huquqlarini to‘g‘ri anglagan fuqaro mudiraning ushbu harakatlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza orqali murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Ushbu ariza yuzasidan Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 81-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining mudirasi Sh.A. o‘zining xizmat xonasida ariza muallifidan 600 000 so‘m miqdoridagi pullarni pora sifatida olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olinadi.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan xujjatlar SVOJvaJDLQK departamentining Buxoro viloyat bo‘limiga qonuniy qaror qabul qabul qilinishi uchun yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring