Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chili tog‘larida nemis olimi yo‘qolib qoldi

Chili tog‘larida nemis olimi yo‘qolib qoldi

Foto: «Russkiy portret»

Chili janubidagi Torres-del-Payne milliy bog‘iga ish yuzasidan kelgan germaniyalik geolog olim yo‘qolib qoldi. Bu haqda «Regnum» nemis telekanaliga asoslanib xabar berdi.

Trir universiteti o‘qituvchisi hamda Amaliy geografiya tadqiqotlari markazi (CIGA) xodimi Patagoniyaga tog‘larda o‘rnatilgan magnitometrni tuzatish uchun kelgandi. Bu yerda paleoiqlim borasida tadqiqot o‘tkazilmoqda. Olim so‘nggi bor hamkasblari bilan yo‘ldoshli telefon orqali bir necha kun aval aloqaga chiqib, og‘ir ob-havo sharoitida ishlayotganini ma’lum qilgandi.

«Uni doim shunaqa sharoitda ishlab kelgan ekstremal tadqiqotchi deyish mumkin. Hozir xavotirimiz cheksiz, biroq umid qilamizki, aloqada biron-bir muammo bo‘lgan», — dedi CIGA xodimi Xuan Karlos Aravena.

Yo‘qolgan olimni topish uchun politsiya maxsus bo‘linmasi jalb etilgan. Torres-del-Payne milliy bog‘i Chilining chekka janubida bo‘lib, markaziy qismida Payne tog‘lari joylashgan. Bog‘ UNESCO biosfera qo‘riqxonasi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring