Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Trampga tegishli binoda yong‘in

Donald Trampga tegishli binoda yong‘in

Foto: «The Independent»

Bugun, 8-aprel kuni Nyu-Yorkda joylashgan AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli «Trump Tower» binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «CNN» xabar bermoqda.

Yong‘indan zarar ko‘rganlar xususida xabar berildi. Ma’lum bo‘lishicha, bir kishi halok bo‘lgan. Marhumni og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazishgan, ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Bundan tashqari, 6 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan.

AQSh prezidentining oila a’zolari yong‘in vaqti binoda bo‘lmagan. Yong‘in 50-qavatdan boshlangan. 200 nafar yong‘inga qarshi kurash xizmati xodimlari bu ishga jalb etilgan.

Falokat sababi hozircha ma’lum qilinmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring