Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dubay rekord o‘rnatishda davom etadi

Dubay rekord o‘rnatishda davom etadi

Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxonani qurildi.

Foto: «Dubai Media Office»

BAAning Dubay amirligi dunyodagi eng baland mehmonxonani qurib, o‘z rekordlar seriyasini davom ettirmoqda. Yakshanba kuni amirlik axborot xizmati o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida balandligi 356 metrli mehmonxona ochilishi haqida ma’lum qildi, — deya xabar bermoqda «Yevropa 1» radiosi.

Amirlikning eng mashhur Shayx Zayd xiyoboni hududida joylashgan ushbu mehmonxona «Gevora Hotel» deb nomlanib, yonginasida joylashgan 355 metrli mehmonxona rekordini yangiladi. «Mariot» tarmog‘iga tegishli qo‘shni mehmonxona o‘z vaqtida «Rotana» tarmog‘iga qarashli 333 metrli «Rose Rayhaan» mehmonxonasining rekordini yangilagan edi.

«Gevora Hotel» 75 qavatdan iborat tillarang binodir. «The National» gazetasining xabar berishicha, mehmonxona 4 ta restoran, bitta hovuz, bitta lyuks spa-salon va bitta gimnastika zaliga ega. Mehmonxonaning ilk mijozlari dushanba kuni qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dubayda dunyodagi eng baland bino — «Burj Xalifa» joylashgan va uning balandligi 830 metrni tashkil qiladi. Ammo amirlikda yana bir yirik loyihaga start berilgan. Yangi inshootning balandligi qancha bo‘lishi sir tutilyapti, bitta narsa aniq — u «Burj Xalifa»dan baland bo‘ladi.

Ushbu shahar-davlat mintaqadagi asosiy turistik yo‘nalishlardan biridir. 2017-yili Dubayga tashrif buyuruvchilar soni 15,8 millionni tashkil qilgan. Bu 2016-yilga nisbatan 6,2 foizga ko‘p deganidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring