Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX «Haj» ziyoratiga yuboraman, deb jinoyat qilayotganlarni qo‘lga oldi

DXX «Haj» ziyoratiga yuboraman, deb jinoyat qilayotganlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

DXX axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Marg‘ilon shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari Ya.M. o‘zganing ishonchiga kirib, uni va tanishini «Haj» ziyoratiga yuborish evaziga 16 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Marg‘ilon shahrida faoliyat yurituvchi boshqa bir turistik firma xodimi A.T. esa Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaroga «Haj 2023» vizasi rasmiylashtirib, «Haj» ziyoratiga yuborish evaziga talab qilingan 10 ming AQSh dollaridan 4 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Buvayda tumanida kuzatilgan holatda Andijon shahridagi turistik firma vakili M.J. Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaroning onasiga «Haj 2023» vizasi rasmiylashtirib, «Haj» ziyoratiga yuborish evaziga talab qilingan 8500 AQSh dollaridan 3 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring