Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX xodimlari Andijonda yer bilan bog‘liq yana bir poraxo‘rlikni aniqladi

DXX xodimlari Andijonda yer bilan bog‘liq yana bir poraxo‘rlikni aniqladi

Bundan ikki oy avval Andijon viloyati Buloqboshi tumani yer resurslari davlat kadastri boshlig‘i U.R. Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan edi.

Mutasaddi shaxs mansabini suiiste’mol qilib, tuman hududidan 4 sotix yer maydoni ajratib berish uchun fuqaro U.B.dan 4 ming AQSh dollari talab qilgan va ko‘rsatilgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlanib, unga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

13-sentabr kuni DXX Andijon viloyati boshqarmasi Buloqboshi tuman bo‘limi xodimlari hamda tuman departamenti bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yer resurslari davlat kadastri tuman bo‘limi yer tuzuvchi mutaxassisi A.Q. fuqaro D.B.ga “Shirmonbuloq Gulshodasi” fermer ho‘jaligiga qarashli bo‘lgan 1 sotix yer maydonini turar-joy sifatida uning xonadoni yashash maydoniga qo‘shib berish uchun fuqarodan 1000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan. Mutaxassis o‘zining “Tiko” avtomobilida pulni olayotganida qo‘lga tushdi.

A.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi. Hozir tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring