Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Energetika vaziri Chirchiqqa yetib bordi

Energetika vaziri Chirchiqqa yetib bordi

Chirchiq shahrida joylashgan «Maxam-Chirchiq» AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo‘linmasida 4 oktyabr soat 08:30 larda qisqa portlash yuz bergani xabar qilingandi. Natijada sexning sintez kalonnasida yong‘in kelib chiqqan.

«O‘zkimyosanoat» AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa oqibatida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya a’zolari zudlik bilan yetib borishgan va hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring