Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetika vazirligi elektr uzilishlari haqida ogohlantirdi

Energetika vazirligi elektr uzilishlari haqida ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

Energetika vazirligi mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, havoning mayda chang zarralari bilan ifloslanishi va ularning elektr uzatish liniyalarida yig‘ilib qolishi, shuningdek, yomg‘ir yog‘ishi oqibatida elektr energiyasining qisqa muddatli uzilishlari kuzatilishi mumkin.

Qayd etilishicha, elektr uzatish liniyalarida to‘plangan chang va loy, shuningdek, ko‘p miqdordagi yog‘ingarchiliklar tarmoqlarga zarar keltiradi. Bu esa elektr energiyasini uzatishda nosozlikka olib keladi.

Xususan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrining ayrim tumanlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Hozirda bu borada tezkor guruhlar tuzilgan.

«Iltimos, bunday holatlar haqida mahalliy elektr ta’minoti kompaniyalariga xabar bering. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring