Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 30 dan oshiq kishi ovqatdan zaharlanishda gumonlanmoqda

Farg‘onada 30 dan oshiq kishi ovqatdan zaharlanishda gumonlanmoqda

Foto: Daryo

Uchko‘prik tumanida ovqatdan zaharlanishda gumon qilingan fuqarolar shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi axborot berdi. 

2026-yil 17-18-sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. 

Dastlabki epidemiologik surishtiruv jarayonida murojaat qilgan fuqarolar Uchko‘prik tumani Navro‘zshoh ko‘chasida joylashgan fast-fud mahsulotlari tayyorlaydigan shoxobchalardan birida xot-dog va non-burger kabi mahsulotlarni iste’mol qilgani aniqlangan.

Shifokorlar tomonidan bemorlarda ovqatdan zaharlanish holatiga gumon qilingan. 

2026-yil 18-sentyabr soat 17:00 holatiga jami 37 nafar fuqaro tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ularning 31 nafari shifoxonaga yotqizilgan. 

Hozirda bemorlarga mutaxassislar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Gumondagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda bemorlardan tekshiruv o‘tkazish uchun tegishli namunalar olingan va tegishli laboratoriyalarda tekshirilmoqda. Tadbirkorlik subyektining faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtinchalik to‘xtatildi, deya ma’lum qilgan qo‘mita rasmiy bayonotda.  

Holat bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etilishi aytilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring