Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki yoshli qizcha ilondan o‘ch oldi

Ikki yoshli qizcha ilondan o‘ch oldi

Foto: Dailymail.co.uk

Turkiyaning Bingel shahrida g‘ayrioddiy hodisa yuz berdi: ikki yoshli qizchaga hujum qilgan ilonning o‘zi o‘lim topdi.

Voqea yuz bergan paytda qizcha hovlida o‘ynayotgan bo‘lgan. Uning jon holatda qichqirganini eshitib qo‘shnilar yugurib kelishadi, qarashsa, qizcha yarim metrli ilonni mahkam tishlab olgan...

Keyin ma’lum bo‘lishicha, ilon qizchaning pastki labidan chaqib olgan. Bunga javoban qizcha sudralib yuruvchini qattiq tishlagan, oqibatda ilon o‘lgan, deb yozmoqda «Daily Mail».

Qizchaga birinchi yordamni ko‘rsatilib, mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. U bir sutka shifokorlar nazoratida bo‘ldi. Xavf ortda qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring