Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziya yaqinida zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziya yaqinida zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyaning Yava oroli janubida 5,6 balli yer silkinishi kuzatildi. Bu haqda bugun, 18-may kuni Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) xabar berdi.

Yer osti silkinishlari UTC (Butunjahon vaqti) bilan soat 01:51 da qayd etildi. Zilzila epitsentri Bandung shahridan 297 kilometr janubi-sharqda, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Talafotlar va qurbonlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring