Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pedagogika institutiga qalbaki hujjat bilan kirgan talaba aniqlandi

Pedagogika institutiga qalbaki hujjat bilan kirgan talaba aniqlandi

Foto: «Sputnik»

Bo‘ka tumanida yashovchi fuqaro O.S. (1986-yilda tug‘ilgan) 2007-yilda Toshkent viloyat pedagogika kasb-hunar kollejini tamomlagan va Bo‘ka tuman 3-sonli o‘rta ta’lim maktabida musiqa fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

2018-yil 17-yanvar kuni u Bo‘ka tuman kasb-hunar kollejini tugatgani haqidagi qalbaki xujjatdan foydalanib, shu asosda Toshkent viloyati davlat pedagogika institutining (hozirgi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti) sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirgani va ushbu hujjat qalbaki ekanini bila turib, undan foydalangani aniqlangan.

Bo‘ka tuman SVOJJDLQKD tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergovni Bo‘ka tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring