Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Internetda Xitoydagi dahshatli ko‘chki videosi paydo bo‘ldi

Internetda Xitoydagi dahshatli ko‘chki videosi paydo bo‘ldi

Skrinshot

Xitoyning Futszyan provinsiyasiga qarashli Lun’yan okrugidagi ko‘chki videosi Internet tarmoqlarida paydo bo‘ldi.

Tasvirlardan sel oqimi to‘siqlar va avtomashinalarni ko‘z ochib yumguncha oqizib ketganini ko‘rish mumkin.

«CGTN» telekanali xabarida aytilishicha, ushbu noxush hodisa bir insonning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Yoz kelishi bilan Xitoy shimolida «quruq mavsum» boshlangan bir paytda uning janubida tamomila o‘zgacha manzara — kuchli yomg‘irlar mavsumi boshlanadi. Oqibatda juda ko‘p hududlarni suv olib ketadi.

Bu yilgi yoz yomg‘irlaridan hammadan ko‘p Guansi-Chjuan muxtor tumani, Szyansi, Futszyan va Guandun provinsiyalari aziyat chekmoqda.

Shu yilning o‘zida tabiiy ofatlar, xususan, suv toshqinlari oqibatida Xitoy janubida 80 dan ortiq inson halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring